ZUBILO
ZUBILO (ruscha) — metallarni yo’nish, kesib tushirish, ariqchalar ochish va boshqalar uchun mo’ljallangan pona shaklidagi metall kesish asbobi. Ishlov beriladigan metallning yumshoq-qattiqligiga qarab Zubilo tig’ining burchagi ham o’zgarib boradi. Temirchilik (sovuq metallarga ishlov berishda) Zubilosi, zarb berish mexanizmi pnevmatik (havo yordamida) harakatlantiriladigan mexanik Zubilo ham bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz