ZORGE RIXARD



ZORGE RIXARD (1895. 22. 9, Boku – 1944. 7. 11, Tokio) — mashhur razvedkachi, 2-jahon urushi qahramoni (1964 yil, o’limidan so’ng). 30-40-yillarda nemis jurnalisti sifatida Germaniya, Xitoy va Yaponiyada bo’lib, qimmatli razvedka ma’lumotlarini qo’lga kiritgan. SSSRga nemis-fashist qo’shinlarining mo’ljaldagi bostirib kirish vaqtini, diviziyalar soni va ularning harbiy harakatlari rejasining umumiy sxemasi haqida axborot bergan. 1941 yilda yapon politsiyasi tomonidan qo’lga olinib, 1944 yil noyabrda qatl qilingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz