ZOOXLORELLALAR



ZOOXLORELLALAR (Zoochlorella) — turli umurtqasiz hayvonlar (infuzoriyalar, gidralar, g’ovaqtanlilar va boshqalar) tanasida simbioz yashaydigan bir hujayrali yashil suvo’tlarning umumiy nomi. Zooxlorellarning hayvonlar bilan birga yashashi har ikkala organizm uchun ham foydali; fotosintez jarayonida Zooxlorellar ishlab chiqargan uglevodlarni hayvon iste’mol qilsa, o’z navbatida, Zooxlorellar hayvon hujayrasida yashash va ko’payish uchun zarur sharoit topadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz