ZOLOTARYOV VASILIY ANDREYEVICH



ZOLOTARYOV VASILIY ANDREYEVICH (1872, Taganrog — 1964, Moskva) — rus kompozitori, musiqashunos olim, pedagog. Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist (1932), professor (1918). Belorussiya xalq artisti (1949). Peterburg konservatoriyasini tugatgan (1900). O’zbekiston kompozitorlik ijodiyoti, xususan, vokal-simfonik musiqa rivojiga hissa qo’shgan. Zokoniyning “Oq gul” operasi, o’zbek xalq kuylari (“Rajabiy” va “Mirzadavlat”) asosidagi “Farg’ona marshi”, “O’zbek rapsodiyasi” va raqs syuitasi (1931), “Navoiyning 6 g’azali” vokal-simfonik syuitasi (1941), o’zbek shoirlarining she’rlariga yozgan romanslari bor. Opera, balet, kamer asarlari, shuningdek, “Fuga. Amaliy o’zlashtirish uchun qo’llanma” (3-nashri — 1965) va boshqa kitoblar muallifi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz