ZOKIROVA SHIRMONXON SHOKIROVNA
ZOKIROVA SHIRMONXON SHOKIROVNA (1953.4.9, Jalolquduq tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Andijon pedagogika institutining boshlang’ich ta’lim metodikasi fakultetini tugatgan (1980). Pedagogik faoliyati 1971 yildan boshlangan. U Jalolquduq tumanidagi 23-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi. Zokirova faoliyati davrida o’z ishining ustasi, yosh avlodga o’zidagi bor bilimini singdira oladigan mexribon ustoz sifatida namoyon bo’ldi. Zokirova darslarni ko’rgazmali qurollar va texnika vositalari asosida tashkil etadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz