ZOKIROV UZUV BOQIYEVICH (1934.17.9, Toshkent) — farmakolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1984), tibbiyot fanlari Doktori (1968), professor (1970). Toshti ni tugatgan (1958). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi o’simlik moddalari kimyosi institutida kichik va katta ilmiy xodim (1961-69). Toshti farmakologiya kafedrasi mudiri (1978 yildan). Toshkent farmatsevtika instituti rektori (1985-88). Farmakalogiya qo’mitasi raisi (1995-98). Asosiy ilmiy ishlari O’rta Osiyoda keng tarqalgan dorivor o’simliklardan ajratilgan hamda sintez kilingan moddalarni izlash, o’rganish va amaliyotga tatbiq etishga bag’ishlangan. Issiq iqlim sharoitida qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan pestitsidlar bilan zaharlanganda hazm fermentlari faolligining buzilishi hamda uning oqsil, yog’, uglevodlar parchalanishi va so’rilishiga salbiy ta’sirini ilk bor ilmiy asoslab, oldini olish yo’llarini ishlab chiqqan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish