ZOKIROV MARAT



ZOKIROV MARAT (1939.21.3, Jizzax tumani) — ilg’or o’qituvchi, O’zbekiston Qahramoni (2002). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi (1990). SamDU ning fizika-matematika fakulteti (1961), Samarqand qishloq xo’jalik institutining Agronomiya fakultetini (1981, sirtdan) tugatgan. 1961 yildan Jizzax tumanidagi 16-maktabda fizika o’qituvchisi, 1976— 84 yillarda partiya ishlarida ishlagan. 1984 yildan Jizzax tumanidagi 36-maktab, 1995 yil sentabtdan Jizzax pedagogika instituti qoshidagi iqtidorli bolalar litseyi direktori. Zokirov direktorlik qilayotgan liseyda Viloyatning eng iqtidorli bolalari tanlov asosida o’qimoqda. Uning tadbirkorlik qobiliyati, tashabbuskorlik faoliyati tufayli litsey xonalari zamonaviy ko’rgazmali vositalar bilan jihozlangan. 2 ta ilmiy metodik risola (“Sog’lom avlod — millat ko’rki”, “Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston!”), 3 ta qo’llanma (“O’zligini anglagan xalq”, “Ma’rifiy saboqlar”, “Umumta’lim maktablarida o’qituvchilarning bo’sh vaqtini ta’minlash”) muallifi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz