ZOKIROV G’ULOM SHOKIROVICH



ZOKIROV G’ULOM SHOKIROVICH (1938. 14.5, Toshkent) — mexanika va boshqarish jarayonlarini algoritmlash sohasidagi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1994). Texnika fanlari Doktori (1981), professor (1983). Toshkent temir yo’l transporti muhandislari institutini tugatgan (1960). “Kibernetika” IIChBda katta ilmiy xodim (1964— 71), “O’zqishloqtexnika” birlashmasi (1971-73), O’zbekiston davlat rejalash qo’mitasida (1974-86) hisoblash markazi direktori. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jalikni irrigatsiyalash muhandislari intida mashina va mexanizmlar nazariyasi kafedrasi mudiri (1986-2000). Ilmiy ishlari mashina va mexanizmlarni sintezlashga oid. As: mashina va mexanizmlar nazariyasi, T., 2002.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz