ZOHIR QO’CHQOR O’G’LI



ZOHIR QO’CHQOR O’G’LI (1920, Buxoro viloyati) — o’zbek baxshisi. Doston va termalar kuylashni bobolari Rahmon va quvvat baxshi (19-20-asr) lardan o’rgangan. Islom shoirning shogirdi. “Ernazarxon”, “Nurali”, “Go’ro’g’li” turkum dostonlari, “Tillo qiz” va boshqa dostonlarni mahorat bilan kuylagan. Undan “Go’ro’g’lining tug’ilishi”, “Hasanxon”, “Avazning Yulduzko’z pariga borishi”, “Oyto’ra bilan Mastura”, “Kunlarim” kabi 20 dan ortiq doston va ko’pgina termalar yozib olingan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi qo’lyozmalar instituti chiqargan “O’zbek xalq dostonlari katologi” (1986) da Zohirning 21 dostoni (variantlari bilan) tavsifi bor. As: Hasanxon [nashrga tayyorlovchi M. Mirzayeva]. T., 1969.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz