ZOHIDOV SHER
ZOHIDOV SHER (1906 — Toshkent — 1971.16.8) — hujjatli kino operatori. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1967). “O’zbekfilm”da (1928— 33), Toshkent xronika studiyasida operator yordamchisi (1934-35), 1936 yildan operator. O’zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida operator (1946-69). Eng yaxshi filmlari: “Tinchlik va do’stlik uchun”, “Tsenuroz va exinokokkozga qarshi kurashing”, “Toshkent ko’chalarida” va boshqalar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz