ZOHIDOV IBROHIMJON



ZOHIDOV IBROHIMJON (1936.15.9, Oltinko’l tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1997). Farg’ona pedagogika institutining o’zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1960). 1957 yildan Andijon viloyatining Oltinko’l tumanidagi 6-o’rta maktabda o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi. Zohidov har bir darsni puxta tayyorgarlik bilan ko’rgazmali qurollar va texnika vositalaridan keng foydalangan holda o’tadi. O’quvchilar bilimini baholashda birinchilar qatorida test va reyting usullarini tatbiq etdi. Uning ish tajribasi tuman o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchilari seminarida yuksak baholanib, ommalashtirishga tavsiya etildi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz