ZOHIDOV ABDULLA ZOHIDOVICH



ZOHIDOV ABDULLA ZOHIDOVICH (1910. 12. 7 — Toshkent — 1977.9.3) — gigienist, O’zbekistonda (1963) va Qoraqalpog’istonda (1965) xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1958). Tibbiyot Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1971), tibbiyot fanlari Doktori (1967), professor (1967). Toshti ni tugatgan (1933). Harbiy vrach (1939— 47), toshti kommunal gigiena kafedrasi mudiri (1949-59), ayni vaqtda O’zbekiston Sanitariya va gigiena ilmiy tadqiqot instituti direktori (1950— 67), 1967 yildan Toshti umumiy va radiasion gigiena kafedrasi mudiri. Kommunal va umumiy gigienaning turli sohalariga oid ko’pgina ilmiy asarlar muallifi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz