ZOBULISTON — o’rta asrlarda Afg’onistonning Janub qismi bilan Balujistonning shimol qismidan iborat hudud nomi. Kobuliston, Xuroson, Seyiston, Makron va Sind bilan chegaradosh bo’lgan. Zobuliston tog’li, oqar suvlari ko’p bir bahavo yer bo’lib, aholisi shijoatkorligi bilan dong chiqargandi. O’sha kezlarda G’azna, Maymand va Kalot uning ma’muriy markazlaridan bulgan. “Shohnoma” da juda kup tilga olingan Zobuliston nomi hozirgi kunda iste’moldan chiqqan bo’lib, uning hududi Afg’oniston bilan Balujistonga qo’shib yuborilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish