ZLOBIN YEVGENIY KONSTANTINOVICH (1898.21.1, Saratov shahri— 1959.7.12, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1955). Sahna faoliyatini 1918 yil Saratov teatrida boshlagan. Tbilisi, Boku, Qozon, Samara teatrlarida ishlagan. 1938 yildan Gorkiy nomidagi Toshkent teatri aktyori. Zlobin komediya janridagi va dramatik rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Eng yaxshi rollari: Firs (“Olchazor”), Mamayev (“Har to’kisda bir ayb”), Karaulov (“Begona bola”), Zemlyanika (“Revizor”), Shmaga (“Aybsiz aybdorlar”), Ivan Ivanovich (“Katta muhabbat”) va boshqalar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish