ZK-383
ZK-383 („zet-ka“ deb talaffuz qilinadi) — 1930-yillarning boshlarida aka-uka Kutskiylar (Koucky) tomonidan Chexoslovakiyada yaratilgan Pistolet-pulemyot.
Tarixi
1938-yilda ishlab chiqarishga kirgan va Brno shahridagi Zbrojovka Brno zavodida nisbatan kam miqdorda ishlab chiqarilgan.
Chexoslovakiya nemis qoʻshinlari tomonidan bosib olingandan keyin zavodning ishlab chiqarish liniyasi saqlanib qoldi va ZK-383 ishlab chiqarish davom etdi. Brno zavodiga SS uchun qurol ishlab chiqarish ishonib topshirilganligi sababli, ishlab chiqarilgan ZK-383 ning asosiy qismi Waffen-SS bilan xizmatga kirdi va Sharqiy frontda ishlatilgan.
Omborlarda mavjud boʻlgan zaxiralar Slovakiya armiyasi, Waffen-SS boʻlinmalari va politsiya boʻlinmalariga xizmatga kirdi shuningdek Bolgariyaga ham topshirildi.
Ikkinchi Jahon urushi tugagandan soʻng, ZK-383H modifikatsiyasi ishlab chiqildi, u bir muncha vaqt ishlab chiqarildi, asta-sekin Savz oilasining yanada ixcham va zamonaviy avtomatlari bilan almashtirildi.
Taʼrif
ZK 383 dastlab piyoda otryadlarini qoʻllab-quvvatlash uchun yaratilgan boʻlib, toʻpponcha patroni uchun „ultra yengil avtomat“ turidir. Dizayn nuqtai nazaridan, bu „orqa tomondan“ oʻq uzuvchi birinchi avlod avtomatining anʼanaviy namunasi edi.
Ushbu namunaning xarakterli xususiyatlaridan qurolning nisbatan katta oʻlchamlari va ogʻirligi, avtomatlarda boʻlgani kabi tez oʻzgaruvchan barrel, chap tomonda oʻqdonning joylashishi, bipodlarning mavjudligi va zatvorni ogʻirligini sozlash imkoni borligi, xar-hil tezligda oʻq uzush imkonini bergan — daqiqasiga 500 yoki 700 ta patron.
ZK-383 avtomatlari 9x19 mm oʻlchamdagi patronlarga moslashtirib chiqarilgan edi ammo bu avtomatlarning oz qismi (eksport uchun moʻljallangan) 9x23 mm Steyr va 11,43x23 mm patronlarda chiqarilgan.
Variantlar va modifikatsiyalar
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org