ZIYOMUHAMEDOV SADRIDDIN MUHIDDINOVICH (1940.12. 2, Toshkent) — teatr va kino rassomi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1990). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1966). 1966 yildan “O’zbekfilm” kinostudiyasida rassom. “Sevishganlar” (1969), “Olovli sohil” (1975), “Chinor ostidagi duel” (1979), “Ehtiyot bo’ling, ilon!”(1980), “Sevgi afsonasi” (1983), “Vodillik kelin” (1984), “Ajdaxo ovi” (1985), “Tangalik bolalar” (1991), “Bomba” (1994), “Kichkina tabib” (1998) kabi badiiy filmlar, “Sertashvish yoshlik” (1971), “Qo’qon voqeasi” (1977), “Daxlsiz tepalik” (1989), “G’alabaning achchiq ta’mi” (1990), “Boychechak” (1998) kabi televizion badiiy filmlarga rassomlik qilgan. Shuningdek, Ziyomuhamedov Yosh tomoshabinlar teatri (“Iqbol”, 1968), A. Hidoyatov nomidagi drama teatri (“Besh kunlik kuyov”, 1970; “O’limlarni qoldirib dog’da”, 1970) kabi teatrlarning spektakllarini ham badiiy bezadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish