ZIRAVOR



ZIRAVOR — taomlarga lazzat kiritadigan va xushbo’ylik beradigan, taomni mineral tuzlar bilan boyituvchi o’simlik yoki kimyoviy (organik va mineral) qo’shimchalar. Ko’pgina ziravorlar ovqatga qo’shimcha lazzat berish bilan birga taomning to’yimliligini ham oshiradi. O’zbek pazandachiligida ko’p ishlatiladigan Ziravorlarga qalampirmunchoq, zanjabil, kardamon, dafna yaprog’i, murch, qalampir, zira, za’faron, zarchava, sedana, kashnich doni, vanil, tuz, sirka, gorchisa (xantal), anor suvi, limon kislotasi va har xil souslar kiradi. Shuningdek, sut, smetana, yog’, tuxum, zaytun mevasi va sabzi, petrushka, selderey, Pasternakning ildizlari, xushbo’y o’tlar va ko’katlar, piyoz, xren (yerqalampir), sarimsoq kabi oziq-ovqat mahsulotlari ham Ziravor bo’lib xizmat qiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz