ZINVAR



ZINVAR (qadimgi forscha — tosh qal’a) — o’rta asrlarga oid Chag’oniyon shaharlaridan biri. Denovdan 3 kilometr shimoli sharqda joylashgan Oqqo’rg’ontepa shahar xarobasi o’rnida bo’lgan deb taxmin etiladi (E. V. Rtveladze). “Hududulolam”ga ko’ra, Zinvar aholisi oz bo’lib, kichik shahar bo’lsada, dehqonchilik taraqqiy etgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, Zinvarda hayot ilk o’rta asrlardan (6—7 asrlar) 18 asrgacha davom etgan. Ad.: Arshavskaya 3. A., Rtveladze E. V., Xakimov 3. A., Srednevekovie pamyatniki Surxandari T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz