ZINO



ZINO (Arabcha — buzuqlik, fahsh, zinokorlik) — Islom aqidasiga ko’ra, erkak va ayolning shar’iy nikohsiz jinsiy aloqada bo’lishi. Zino Islomda qattiq qoralanadigan gunohlardan hisoblanadi. Qur’onda “zinoga yaqinlashmanglar! Chunki (bu) buzuqliqdir — eng yomon yo’ldir”, deyilgan (17:32). Shariatda Zino uchun yuz darra urishdan tortib o’lim (toshbo’ron qilish) jazosigacha belgilangan. Lekin jazoga hukm qilish uchun Zino bilan ayblanuvchilarning o’zlari iqror bo’lishi yoki to’rtta ishonchli guvohning guvohlik berishi shart qilingan. Aks holda, diniy manbalarda aytilishicha, arzimagan sabablar bilan insonning obro’si to’kilishi, ig’vogar, bo’htonchilarga qo’l kelishi mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz