ZININ REAKTSIYASI



ZININ REAKTSIYASI aromatik nitro birikmalarni qaytarib aromatik aminlar olish usuli: ArNO2 + 3H2S ” ArNH2 + 2S + 2H2O. Reaktsiyani 1842 yilda N. N. Zinin kashf etgan. Zinin reaktsiyasi asosida bo’yoqlar, farmatsevtik preparatlar, portlovchi, xushbo’y va dorivor moddalar olishda boshlang’ich mahsulot sifatida qo’llaniladigan turli aromatik aminlar sintez qilinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz