ZINGER (Singer) Ayzek (Isaak) Bashevis (1904. 14. 7, Polsha, Radzimin — 1991. 24. 7, AQSh, Mayami) — yaxudiy yozuvchisi. Kelib chiqishi polshalik. 1935 yildan AQShda istiqomat qila boshlagan. “Goredagi Iblis” (1935), “Gimpel — ahmoq” (1956), “Qisqa juma kuni” (1965), “Tabaka” (1965), “Kafkaning do’sti va boshqa hikoyalar” (1969), “O’choq oldidagi hikoyalar” (1971), “Oyina va boshqa hikoyalar” (1975) va boshqa hikoyalar to’plamlarining muallifi. “Moskat oilasi” (1950), “Qul” (1957), “Lyublinlik ko’zbog’lovchi” (1965), “Qo’rg’oncha” (1975), “Shosha” (1981) romanlari bor. Zinger nasriga xos xususiyat shuki, u o’z qahramonlarini ko’pincha mubolag’ali holatda tasvirlaydi, aql bovar qilmaydigan mazmun hamda murakkab shakllar uning asarlarida etakchilik qiladi. Nobel mukofoti laureati (1978).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish