ZILZILA



ZILZILA, yer qimirlash — yer po’stida yoki mantiyaning yuqori qismida to’satdan siljish, sinish yoki o’pirilish ro’y berishi oqibatida vujudga keladigan va to’lqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga ko’ra, tektonik, vulqoniy va o’pirilish Zilzilalariga bo’linadi. Yer po’stining har xil chuqurligida tabiiy kuchlar ta’sirida sodir bo’ladigan silkinishlar tektonik Zilzilalar deyiladi. Ular yer qa’ridagi harakat va jarayonlarning mahsuli bo’lib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 minutda) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va o’pirilish Zilzilalari tabiatda juda kam sodir bo’ladi; ular kuchi jixatidan tektonik Zilzilalarning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir bo’ladigan Zilzilalar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat ko’pchilik qismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz Zilzilalar bo’lib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xo’jaligiga zarar yetkazadigan Zilzilalar esa bir necha o’ndan bir necha yuztagacha bo’lishi mumkin. Bir yil davomida sodir bo’lgan hamma Zilzilalar natijasida taxminan 0,510″ J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta bo’lishiga qaramay, yer qa’rida sodir bo’ladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5% inigina tashkil etadi. Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol bo’lgan tog’ tizmalari joylashgan hududlarda ko’proq bo’ladi. Bu joylar geologik iborada yer yuzining belbog’li (mintaqali) buzilish joylari deb yuritiladi. Yer sharining kuchli zilzilalar sodir bo’ladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga bo’lish mumkin; birinchisi, geografik kenglik yo’nalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdog’, Tyanshan, Pomir, Himolay, ikkinchisi, meridional yo’nalishda — tinch okeanining ikki qirg’og’i bo’yicha va qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Janubiy Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qit’asining Shimoliy qismi, Markaziy va G’arbiy Afrika, Avstraliya va boshqa hududlar kiradi. Demak, Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol bo’lgan Kopetdog’, Tyanshan, Pomir tog’lari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi. Yer pusti yoki yuqori mantiya qatlamidagi Zilzila paydo bo’lgan ma’lum bir hajm Zilzila o’chog’i, uning markazi deb hisoblangan nuqta esa giposentr, giposentrning yer yuzasidagi proektsiyasi Zilzila episentri deyiladi. Episentr va giposentr oralig’idagi masofa Zilzilaning yer yuzidan chuqurligini ko’rsatadi. Zilzila o’chog’i O’rta Osiyo hududida, aksariyat hollarda, Yer sathidan 5-50 kilometr chuqurlikda joylashgan bo’ladi. Yer sharining ma’lum hududlarida Zilzilalar o’chog’i 200— 300, hatto 700 kilometrgacha chuqurlikda bo’lishi ham mumkin. Zilzila tufayli yer yuzidagi silkinishlar ballarda o’lchanadi. Silkinishlar episentrda eng kuchli bo’lib, undan uzoqlashgan sari kuchi pasaya boradi. Episentr atrofidagi eng kuchli silkinishlarni belgilab, ular tutashgan chiziq ichidagi maydon (sath) pleystoseys hudud deyiladi. Zilzila sodir bo’lganda uning o’chog’idan bo’ylama va ko’ndalang seysmik to’lqinlar tarqaladi. Bo’ylama to’lqinlar R harfi (birinchi to’lqin), ko’ndalang to’lqinlar S harfi (ikkinchi to’lqin) bilan belgilanadi. Bulardan tashqari, yer yuzasida paydo bo’ladigan yuza to’lqinlar (L) mavjud. Mazkur to’lqinlar asosiy hisoblansada, ko’ndalang va bo’ylama to’lqinlar yer yuzasi hamda ichki qatlamalarida sinish va qaytarilish xususiyatiga egaligi sababli murakkab to’lqinlar hosil bo’ladi. To’lqinlar har xil tezlik bilan tarqaladi. Eng tez tarqaluvchi to’lqin bo’ylama to’lqin bo’lib, muhitda taxminan bino ichidagi odamlarning ko’pchiligi sezadi. Uydagi jihozlar harakatga keladi. Bino va mebel tebranadi. Uyqudagilar uyg’onib ketadi. Hamma sezadi. Ko’pchilik tashqariga chiqishga oshiqadi, ba’zi buyumlar turgan yeridan tushib ketadi. Ba’zi uylarda suvoqlar ko’chib tushadi. Imoratlar shikastlanadi, g’ishtli devorlar yoriladi. Xom g’isht va paxsadan qurilgan ba’zi uylar buziladi, tog’larda ba’zan qoyalar ko’chadi. Imoratlar kuchli shikastlanadi, tog’larda surilmalar yuz beradi. G’isht, betondan ishlangan uylar butunlay yoki qisman buziladi, yer osti quvurlari uziladi. Qoyalar qulab, tepaliklar suriladi, yerdagi yoriqlarning eni 10 santimetr gacha boradi. Yer yuzida katta (eni 1 metrgacha) yoriqlar paydo bo’ladi. To’g’on va qirg’oq dambalari ishdan chiqadi, temir yo’llar bukiladi. Yangi ko’llar paydo bo’ladi. Yer yuzida keng va chuqur jarliklar hosil bo’ladi, yer vertikal va gorizontal yo’nalishda silkinadi. Tog’larda qoyalar ag’dariladi, ko’prik, to’g’on, temir yo’llari butunlay buziladi. Yer qiyofasi, relefi o’zgaradi. Yer yuzi burmalanadi, baland qoyalar ag’dariladi, daryolar o’zanini o’zgartiradi. Ko’ndalang to’lqin esa o’rtacha 5 km/s tezlikda, yuza to’lqinlar esa eng sekin tezlikda tarqaladi. Zilzila to’lqinlarini qayd qiladigan seysmik stansiya Zilzila episentridan qanchalik uzoq bo’lsa, stansiyaga yetgan to’lqinlarning vaqt bo’yicha farqi ham shunchalik katta bo’ladi. Bu holat qayd qilingan to’lqinlarning yozuviga qarab Zilzila episentridan stansiyagacha bo’lgan masofani aniqlash imkonini beradi. Shu maqsadda ko’ndalang va bo’ylama to’lqinlar orasidagi vaqtning episentr uzoqligiga bog’liqligi har xil hudud uchun o’rganiladi. Bu bog’liqlik chizma ko’rinishida bo’lib, u godograf deb yuritiladi va Zilzila ma’lumotlarini ishlash va o’rganishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Zilzila to’lqinlarining umumiy quvvati magnituda (M) bilan belgilanadi. U shartli son bo’lib, yer sathidagi muhit zarralarining siljish amplitudasiga mos keladi. Bu qiymat seysmik styalar qayd qilgan yozuvlar — seysmogrammalardan aniqlanadi. A harfi bilan belgilangan kattalik K = lg£ Zilzilaning quvvatlilik sinfi deb ataladi. Masalan, magnitudasi 5 ga teng (M = 5) bo’lgan Zilzila o’chog’idan 1012 J quvvat ajraladi, ya’ni K = 12. Zilzila kuchini ifodalash uchun turli seysmik shkalalar taklif etilgan. Ulardan biri — 1917 yilda xalqaro seysmik assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli — Kankani — Ziberg shkalasi bo’lib, u hozirgacha bir qancha Yevropa mamlakatlarida qo’llaniladi. Ikkinchisi — AQSh da Vud va Nyumanlar tomonidan 1931 yilda Merkalli shkalasini bir oz mukammallashtirilgan 12 balli Mm shkalasi hisoblanadi. Uchinchisi — Rossiyada S. V. Medvedev tomonidan ishlab chiqilgan 12 balli shkaladir. 1964 yil Parijda YUNESKO ning seysmologiya va seysmobardosh qurilish bo’yicha o’tkazilgan davlatlararo yig’ilishida tavsiya etilgan MSHK=1964 12balli shkala S. V. Medvedev (Moskva), V. Shponxoyer (iena, Germaniya) va V. Karniklar (Praga) tomonidan tuzilgan. Zilzila kuchini aniqlashning juda ko’p usullari va belgilari bor. Pekin Zilzilaning yer yuzida namoyon bo’lishi ballarda aniqlanganligi bilan Zilzilaning aniq quvvatini ballar ifodalamaydi. Shuning uchun Zilzilaning haqiqiy kuchini ko’rsatuvchi o’lcham — magnituda hisoblanadi. Magnituda 1940 yillar boshlarida amerikalik tadqiqotchilar Ch. Rixter va B. Gutenberglar tomonidan kiritilgan va quyidagicha ifodalanadi: M = \gA, mkm + 1,32 lgX, kilometr. Bu yerda: A — seysmik to’lqin amplitudasi yoki mkm surilishi, X — seysmograf joylashgan yerdan Zilzila episentrigacha bo’lgan masofa. Xalqaro ma’lumotlarda Zilzila kuchi magnituda orqali Rixter shkalasish beriladi. Eng kuchli Zilzilaning magnitudasi 9 gacha yetishi mumkin. Zilzila quvvati (E) Joulda o’lchanadi. Zilzila quvvati bilan magnitudasi o’rtasida bog’lanish quyidagicha ifodalanadi: \gE — aM + V. Bu yerda: kuchsiz Zilzilalar uchun a = 1,8; V = 11; kuchli Zilzilalar uchun a = 1,5; V= 12. Zilzilaning yer yuzida bir xil kuch bilan namoyon bo’lgan nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqqa izoseysta chizig’i, Zilzila kuchining hududda tarqalishini ko’rsatuvchi izoseystalar to’plamiga izoseystalar xaritasi deyiladi. Yer qa’ridagi tektonik, harakatlar faollashgan qismi va uning tevarak atrofida fizikaviy va kimyoviy jarayonlar xam faollashadi. Jumladan, tog’ jinslarining zichligi, elektr o’tkazuvchanligi, magnitik xossalari, elektromagnit to’lqinlar tarqatish xususiyati, yer sathining vertikal va gorizontal holati kabilar o’zgarishi mumkin. Mazkur hududlarda mavjud bo’lgan burg’i quduqlari orqali olinayotgan neft, gaz, suv miqsori keskin o’zgarishi, yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi, mikroelementlar, gazlar miqdori ham o’zgaradi. Ushbu sanab o’tilganlar Zilzila sodir bo’lishi arafasida keskin va ko’p miqdorda o’zgarib, Zilzilaning darakchilari sifatida qaralishi mumkin. Ular Zilzilalarni oldindan aytib berish muammosini hal qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Bu borada yer sharining seysmik jihatdan faol bo’lgan barcha hududlarida ko’p yillik xalqaro va milliy dasturlar asosida to’xtovsiz izlanishlar olib borilayapti. 1966 yil 26 aprelda Toshkentda yuz bergan Zilziladan so’ng sobiq Ittifoqda birinchi bo’lib O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida 1966 yil oktabr oyida Seysmologiya instituti tashkil qilindi. Institutning asosiy ilmiy yo’nalishlaridan biri Zilzilalarning tabiatini, u sodir bo’ladigan muhit xususiyatlarini, Zilzilalarning darakchilarini o’rganish va uni bashorat (prognoz) qilish usullarining nazariy asoslarini yaratish deb belgilanadi. Zilzilani bashorat qilish borasida O’zbekistonda muhim natijalarga erishildi. Jumladan, kuchli Zilzilalarni bashorat qilish bo’yicha ishonchli va istiqbolli yangi usullar yaratildi, ularning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi. Bu usullar majmuini qo’llash asosida O’zbekiston hududi va yon-atrofdagi hududlarda bo’lib o’tgan bir necha kuchli Zilzilalarni oldindan aytishga muvaffaq bo’lindi. Masalan, 1976 yil 17 maydagi gazli, 1978 yil 1 noyabrdagi olay, 1984 yil 18 Fevraldagi Pop Zilzilalari oldindan aytilgan. Yer yuzida ro’y bergan kuchli zilzilalar jumlasiga Lissabon (1755), Kaliforniya (1906), Ashxobod (1948), Chili (1960), Tokio (1923), Xitoy (1976), Spitak (Armaniston, 1988), Zaysan (Qozog’iston, 1990), Suusamir (Qirg’iziston, 1922) lar va O’zbekiston qududida esa — 838-839 yillarda Farg’onada, 942 yilda Buxoroda, 1208-1209 yillarda Urganchda, 1490 yilda Samarqandda, 1494 yilda Namanganda, 1620 yilda Axsikentda, 1902 yilda Andijonda, 1921 — 1922 yillarda Buxoro va Samarqand yaqinida, 1927 yilda Namanganda, 1868, 1924, 1938, 1966 yillarda Toshkentda, 1976, 1984 yillarda Gazlida bo’lgan zilzilalarni kiritish mumkin. Ad.: Abdullabekov K. N., Zilziladan saqlanish mumkinmi? T., 1992; Karimov F. X., Zemletryaseniye, M, 1993; Otaboyev X., Zilzila T., 1988. Sobitjon Maqsudov.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz