Zikrilla Ne’mat (1961)



Zikrilla Ne’mat 1961 yilda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda ToshDUning jurnalistika fakultetini, 2001 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tugatgan. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi IIV “Postda”, “Na postu” gazetalari va “Qalqon, “Щit” jurnallari birlashgan tahririyatining bosh muharriri lavozimida ishlaydi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Zikrilla Ne’matning «Ikkimizning yoniq ishqimiz» (1993), «Yurtim navosi» (1997), «Vatan va muhabbat» (1999), «Qaytar dunyo» (hikoyalar, 2000), «Ostonadan boshlanar Vatan» (2003), «Muhabbatsiz yashab bo‘lmas» (2004), «Spitamenning so‘nmas qo‘shig‘i» (2005), «Muhabbat mehrobi» (2005), «Sog‘inch dunyosi» (2006), «Sog‘inch sarchashmasi» (2007), «Ezgulik o‘lkasi» (2009), “Onam ekkan rayhonlar” (2011), “Vatan haqida qo‘shiqlar” (2012) kabi kitoblari chop etilgan.


Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz