ZIG’IR MOYI
ZIG’IR MOYI — zig’ir urug’idan presslab yoki ekstraktsiya usulida olinadigan yog’. Ilgari juvozpoya olingan. Tarkibida to’yingan yog’kislotalari — palmitin kislota 7% gacha, to’yinmagan yog’ kislotalari — olein kislota 5— 20%, linol kislota 25-50%, linolen kislota 21-45% va oksikislotalar 6,5% gacha. Qotish temperaturasi — 18° bilan — 27″ orasida, rangi sariq, yod soni 174-183, kislota soni 0,55—3,5, zichligi 0,933—0,935. Zig’ir moyi alif tayyorlashda, linoleum, kleyonka ishlab chiqarishda, oziq-ovqat tayyorlashda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz