ZIDDIYATSIZLIK



ZIDDIYATSIZLIK – tafakkur, mu hokama, isbot va nazariyada mantiqiy qarama-qarshilik bo’lmasligi. Ziddiyatsizlikning mohiyatini tafakkur qonuni ochib beradi. Misol: “Chirchiq — daryo” va “Chirchiq — daryo emas”. Bu zid fikrlarning har ikkalasi ham bir vaqtda to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Birinchi fikrning to’g’riligi ayon. Buning isboti uz navbatida ikkinchisining xatoligiga dalildir. Ziddiyatsizlikning buzilishi mantiqiy ziddiyatga olib keladi. Mantiqiy ziddiyat muqokama, isbot, nazariyaning asosiga putur yetkazadi. Mantiqiy ziddiyatni dialektik ziddiyatdan farq qilishi lozim.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz