ZIDAN
ZIDAN (Zidan) Zinedin (1972.23.6, Marsel) — frantsiyalik futbolchi (ota-onasi jazoirlik muhojirlar). Jagonning eng yaxshi futbolchisi (1998). Jahon (1998) va Yevropa (2000) chempioni. Yevropa Chempionlar ligasi kubogi (1996, 2002), Superkubogi (1996) va qit’alararo kubok (1996) sohibi. Zidan Frantsiyaning “Kann” (1986— 92), “Bordo” (1992-96), Italiyaning “Yuventus” (1996-2001) va Ispaniyaning “Real” (2001 yildan) klublari tarkibida o’ynadi. Italiya chempioni (1996, 1997).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz