ZEYEMAN
ZEYEMAN (Zeeman) Piter (1865.25.5, Zonnemayre — 1943.9.10, Amsterdam) — niderland fizigi. Ilmiy ishlari optika, magnitooptika, atom spektroskopiyasiga oid. Magnit maydon ta’sirida spektral chiziqlarning ajralish hodisasini ochdi. Bu kashfiyoti elektron nazariyasini asoslash va rivojlantirishda muhim rol o’ynadi. Magnetizm hodisasining radiasiyaga ta’sirini o’rgandi. Nobel mukofoti laureati (X. A. Lorents bilan hamkorlikda, 1902).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz