ZEVS



ZEVS — yunon afsonalarida oliy Xudo; xudolar va odamlar hukmdori. Kronos va Reyaning o’g’li. Xudolarning uchinchi avlodiga mansub. Tartarda o’z otasi va boshqa titanlarni yengib, Olimp tog’ida hukmron bo’lgandan keyin Zevs asta-sekin olamni qaytadan tuzadi, xudolarni yaratadi, qonunlar chiqaradi, tartib o’rnatadi, fan, san’at, axloq me’yorlari va hokazolarni joriy etadi. Zevs xudolarning irodasini va yaxshi niyatlarini ro’yobga chiqaruvchi ko’plab qahramonlar (Gerakl, Persey) ning otasi. Ayni vaqtda Zevs — dahshatli jazolovchi kuch. U bir necha marta odam zotini yo’q qilib, undan ham mukammal insonni yaratishga urinadi. Zevs to’g’risidagi afsonalarning ayrim qismlari “Iliada”, “Odisseya” va boshqa antik asarlarda bor. Qadimgi Rim afsonalarida Zevs Yupiterga to’g’ri keladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz