ZEVARSOY
ZEVARSOY — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy, yuqori oqimida Divlonsoy, o’rta oqimida Divloqsoy deb ham ataladi. Kishtut soyining oxirgi chap irmog’i. Hisor tizmasining Janubiy tarmog’i — Qoldirg’i tog’ining shimoliy g’arbiy yon bag’irlaridan oqib tushadigan 20 ta irmoqning qo’shilishidan hosil bo’lib, g’arbiy yo’nalishda oqadi. Uzunligi 18 kilometr, havzasining maydoni 95 kilometr kvadrat. Qor, yomg’ir va buloqlardan suv oladi. O’rtacha yillik suv sarfi 1,8—2,0 m3/ sekund. Zevarda Fevral oxiridan suvi ko’paya boshlaydi, may—iyunda eng sersuv bo’lib, kuz va qishda suvi kamayadi. Zevardan Zevar qishlog’i suv ichadi va uning atrofidagi yerlar sug’oriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz