ZERU BAM
ZERU BAM, zir (zil) u bam (forscha — past va baland) — 1) o’rta asrlarda Turkiston, Eron, Ozarbayjon xalklari musiqa amaliyoti va nazariyasida eng ingichka (zer) va yo’g’on (Bamm) tovush beradigan torlar; 2) musika tovushqatorining baland va past qismlari ifodasi; 3) ayrim sozlar (mis va yog’och naylar; ko’s nog’ora, rez nog’ora bilan do’l nog’ora) ham Zeru bam deyilgan. Uzbek mumtoz she’riyatida Zeru bam atamasi va ayni musiqiy ma’nosidan keng foydalanilgan: Navoiy Mug’anniy, Navoiy fig’onin eshitki, sozing aro zer ila bamda yo’q.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz