ZELDOVICH YAKOV BORISOVICH (1914.8. 3, Minsk — 1987) — rus nazariyotchi fizigi, akademik (1958). Sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasiga qarashli kimyo fizikasi institutida (1931-64), amaliy matematika institutida (1964 yildan) ishlagan. Fizikaviy kimyo, yonish, detonatsiya va zarba to’lqinlarining zamonaviy nazariyasi yaratuvchilaridan biri. Yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi, astrofizika, hozirgi zamon relyativistik kosmologiyasiga oid asarlar muallifi. 1939 yilda uranning bo’linishidagi zanjir reaktsiyasini birinchi bo’lib hisoblab chiqdi (Yu. B. Xariton bilan hamkorlikda).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish