ZELANDIYA



ZELANDIYA, Shellann — Boltiq dengizidagi eng katta Orol, Daniya tarkibida. Maydoni 7 ming kilometr kvadratdan ziyod. Qirg’oqlari, asosan, pasttekislik, qo’ltiq ko’p. Yer yuzasi balandligi 126 metrgacha bo’lgan sertepa tekislik, ohaktosh va gildan tashkil topgan. Ko’l ko’p (jumladan, Daniyadagi eng katta Arresyo ko’li). Qishloq xo’jaligida yemxashak ekinlari, bug’doy, qand lavlagi ekiladi, sut chorvachiligi rivojlangan. Orol temir yo’l paromlari orqali Fyun oroli va Shvetsiya bilan bog’langan. Zelandiyaning Sharqiy qismi va Amager orolida Daniya poytaxti — Kopengagen shahri joylashgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz