ZEINALOV JAHONGIR RIZO O’G’LI (1865 — Boku — 1918. 4. 11) — Ozarbayjon aktyori. Milliy teatr asoschilaridan. Ijodini 1885 yildan boshlagan. Hajviy va xarakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Uning ijrosi inson xis-tuyg’ularini ifoda etishda chuqur psixologik tahlili, badiiy jihatdan sodda va samimiyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: vazir (“Lenkoran xonligining vaziri”), Hoji Samad (“Baxtsiz yigit”), Hoji Qambar (“Yomg’irdan qochib, jalaga tutildi”), Shamdanbek (“Shamdanbek”), Keksa Moor (“Qaroqchilar”) va boshqalar. Z. H. Arablinskiy, Ruxullo Sidqiy kabi dramatik san’at asoschilarining ustozi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish