ZAYNULOBIDIN HUSAYNIY
ZAYNULOBIDIN HUSAYNIY, Zaynulobidin bin Muhammad ibn Mahmud al-Husayniy (taxminan 1463 — Hirot — taxminan 1519) — musiqa nazariyotchisi, bastakor, sozanda va shoir. Hirotdagi “Ixlosiya” madrasasida riyoziyot, falsafa, musika nazariyasi va badi’ ilmidan tahsil olgan. Unga musiqadan Xoja Abdulloh Marvarid, badi’ ilmidan Alisher Navoiy ustodlik qilishgan. Navoiyning buyurtmasi bilan fors tilida “Qonun” (zamonaviy adabiyotda “Qonuni ilmi va amali musiqiy” — “Musiqaning ilmiy va amaliy krnunlari”) asarini yozgan. Asar Navoiyga bag’ishlangan qasida va 24 bobdan (so’nggi ikki bobi saklanmagan) iborat. J. Sultonov tomonidan topilgan uning yagona nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot institutida saqlanadi. Risola Zaynulobidin Husayniy yashagan davr musiqa san’atining nazariy va amaliy masalalarini yoritadi. Musiqa istilohoti, jumladan o’n ikki maqom, vvoza va sho’ba tushunchalariga qator aniqliklar kiritgan. Oxirgi boblar cholg’ularning sozi va usul turkumlariga bag’ishlangan. Shuningdek, “Qonun”da dutor, uning tuzilishi, sozlanishi va tovush qatorlari xususida ilk ma’lumotlar beradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz