ZASKAR — Himolay tog’larining shimoli g’arbiy qismidagi tog’ tizmasi. Hindiston va Xitoy hududida. Uzunligi shimoli g’arbdan Janubi sharqqa 600 kilometr. 6400 metr balandlikda daralar bilan o’yilgan keng platosimon yuza bo’lib, unda balandligi 7800 metrdan ortiq bo’lgan alohida cho’qqilar ko’tarilib turadi. Zaskar ohaktosh, qumtosh, slanes va granitdan tuzilgan. Janub yon bag’rida 4000 metrgacha o’rmon, undan yuqorida Alp va subalp o’tloqlari, tog’ tepalarida doimiy qor va muzliklar, shimolda dashtlar bor. Satlaj daryosi kesib o’tadi. Vodiylarda dehqonchilik qilinadi. Korund konlari topilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish