ZARVARAQ
ZARVARAQ, shmustitul — kitobning sarvarag’idan yoki har bir bob, bo’lim, qismdan oldin qo’yiladigan ikki yoki bir sahifali alohida varag’i. Zarvaraqda kitobning qisqa nomi, ayrim hollarda faqat kitob va nashriyot nomi beriladi. Ba’zida kitobning mazmuniga monand bezaklar ishlanadi. Kitob ichidagi Zarvaraqda kitobning alohida qism va boblari oldidan shu qism yoki bobning nomi, rasm hamda bezaklar joylashtiriladi. Kitobat san’atida lavvoh (kitobga jilo beruvchilar) tomonidan Zarvaraq sahifalari chetlariga rangbarang chiziqlar, naqshlar chizish, kitob nomini oltin hal bilan yozish kitob bezashning odatdagi uslubiga aylangan. Alisher Navoiy asarlari uchun o’z davrida g’oyat mahorat bilan Zarvaraqlar ishlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz