ZARRA-ANTIZARRA JUFTI
ZARRA-ANTIZARRA JUFTI – zarralar bilan antizarralarning bir vaqtda birgalikda (juft holda) hosil bo’lishi. Bu jarayon energiya, impuls va boshqa kattaliklarning saqlanish qonunlariga bo’ysunadi. Zarra-antizarra jufti xreil bo’lishi yadro bilan to’qnashuvchi zarra energiyasiga va jarayonda ishtirok etuvchi boshqa zarralarning xossalariga bog’liq. Elementar zarralarning emirilishi, ularning o’zaro yoki yadrolar bilan to’qnashuvi natijasida turli Zarra-antizarra jufti hosil bo’ladi. Masalan, proton (r) b-n proton (r) to’qnashuvi natijasida proton (r) va antiproton (u/), foton (u) b-n proton O) to’qnashuvi natijasida musbat myuon (ts+) hosil bo’ladi va hokazolar. Yemirilish natijasida neytral kaon (Amezonedan musbat pion (musbat kmezon, D+) va manfiy pion (manfiy tsmezon, l”), neytral pion (7s°) dan elektron (v”) va pozitron (e+) hosil bo’ladi va hokazolar. Odatda, Zarra-antizarra jufti hosil bo’lishi deganda fotondan elektron va pozitronning u> (eg + e+) vujudga kelishi tushuniladi. Biror zaryadli zarra (masalan, atom yadrosi) maydonidagi foton elektronpozitron juftligini hosil qiladi. Zarra-antizarra jufti hosil bo’lishi va annigilyatsiya hodisalari materiyaning bir shakldan boshqa shaklga (modda shaklidan maydon shakliga) va aksincha o’tishini isbotlashga dalil bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz