ZARQULOQ



ZARQULOQ (Lepidolopsis turkestanica) — qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Poyasining bo’yi 120 santimetrcha. Barglari ko’kishyashil, tuklar bilan qoplangan, patsi, moy kesik. Guli och sariq, bandli. Iyunda gullaydi, iyuldan urug’laydi. O’zbekistonda adirlarda, tog etaklarida o’sadi. To’pgulining qaynatmasi xalq tabobatida ko’krak og’rig’i va nafas qisish kasalliklarida hamda gijja va siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz