ZARMITON (CHORMITON) OLTIN KONI



ZARMITON (CHORMITON) OLTIN KONI — Nurota tog’ining Januiy g’arbiy chekkasida, Samarqand shahridan qariyb 100 kilometr shimoli g’arbda joylashgan kon. 1952 yil I. H. Hamroboyev ochgan. 1978 yil ishga tushirilgan. 1950 yillardan keyin konda olib borilgan geologik qidiruv va geofizik tadqiqotlar natijasida oltini bor bir qancha joylar aniqlandi. Kondagi asosiy ruda minerali — oltin va kumush; qo’shimchalari: volfram, qo’rg’oshin, rux, surma va boshqalar. Zarmiton oltin koni geologik tuzilishida erta silur davri jazbuloq svitasiga taallukli vulkanogenterrigen jinslar ishtirok etgan. Ular izoklinal burmalar hosil qilgan va regional metamorfizm jarayoniga uchragan. Kondagi intruziv jinslar biotitamfibolli granosienitlardan iborat. Sanoat ahamiyatiga molik rudalar yertomir shaklida, ular 70-80° ostida shimol va shimoli sharqqa enkaygan. Zarmiton oltin konida oltin hosil bo’lishida tektonik, magmatik va litologik omillar muhim rol o’ynagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz