ZARIN



ZARIN — metilftorfosfonat kislotaning propil efiri, kuchli ta’sir etaaigan zaharlovchi modda. Deyarli hidsiz, rangsiz suyuklik. Suyuqlanish temperaturasi — 54°, qaynash temperaturasi — 151,5° (ajralish bilan); zichligi 1,094 g/sm3, 20°da uchuvchanligi 11,3 mg/l; suv va organik erituvchilar bilan har qanday nisbatda aralashadi. Nafas a’zolari, teri, me’daichak orqali (ovqat yoki suv bilan) organizmni zaharlaydi. Markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilib, uni falajlaydi. Suv ta’sirida juda sekin, mineral kislotalar va ayniqsa ishqorlar, ammiak va aminlarning suvdagi eritmalarida tez gidrolizlanib zaharli bo’lmagan moddalar hosil qiladi. Zarindan saqlanish uchun protivogaz va tanani himoya qiladigan vositalar, shuningdek, antidotlar, masalan, atropindan foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz