ZARIFOVA MUBORAK



ZARIFOVA MUBORAK (1906.6.5 — Toshkent — 1992.1.3) — o’zbek tsirkining qiziqchilik — klounada janridagi birinchi aktrisa. Tsirk sahnasiga ilk bor 1925 yil (erkakcha kiyimda) chiqqan. Eri bilan birgalikda tsirk qiziqchiligi janrida ishlab, tsirk repertuariga yangilik olib kirgan. “Kim qanday?”, “Eshon oyim yoki tish doktori”, “Ashula va sharpa” singari qiziqchilik antrelari bilan Shuhrat qozongan. 1929 yildan eri va farzandlari (Hakimjon, Xolida) bilan chavandozlik qilib, ot ustida turli murakkab mashqlar bajargan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz