ZARIF MISKAR



ZARIF MISKAR (1800, Buxoro-?) — atoqli qo’g’irchoqboz. Yoshligida raqqoslik qilgan, keyinroq surnaychi (mehtar) sifatida qo’g’irchoqbozlar bilan tomosha ko’rsatgan, ba’zan masxarabozlik ham qilgan. Taxminan 19 asrning o’rtalarida O’rdaga ishga taklif etilib, Buxoro amiri saroyidagi qug’irchoqbozlar hamda raqqoslar to’plariga rahbarlik qilgan. Ip bilan o’ynatiladigan “Chodir xayol” qo’g’irchoq teatri ustasi sifatida tanilgan. Ayniqsa “Sarkardalar” tomoshasi katta muvaffaqiyat qozongan. Mashhur qo’g’irchoqboz Doniyor qo’g’irchoqboz ham Zarif miskarning shogirdi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz