ZARAFSHON TRAKTI



ZARAFSHON TRAKTI — O’zbekistondagi yirik avtomobil yo’li, Samarqand — Ashxobod avtomobil yo’lining bir qismi. Zarafshon vodiysining asosiy transport magistrali. Samarqand—Kattaqo’rg’on-Navoiy—Buxoro—Qorako’l—Olot—Turkmaniston chegarasi yo’nalishida o’tadi. 1933-37 yillarda qurilgan. 1965 yildan qora qorishmali qoplama yotqizilgan. Umumiy uzunligi 365 kilometr, uning 62 kilometr tsement-betonli, 289 kilometr asfaltbeton va 14 kilometr qora qoplamali. Yo’lning 297 kilometr I toifaga, 57 kilometr II toifaga, 11 kilometr III toifaga kiritilgan. Yo’lda 2098 metr uzunlikdagi 62 ko’prik, 14578 metr uzunlikdagi 668 dona quvur inshootlari bor. Zarafshon trakti orqali xalq xo’jaligining barcha turdagi yuklari va yo’lovchilar tashiladi. Qatnov jadalligi sutkasiga 10-15 ming avtomobilga yetadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz