ZAPOROJYE VILOYATI



ZAPOROJYE VILOYATI – Ukrainadagi viloyat. 1939 yil 10 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 27,2 ming kilometr kvadrat. Aholisi 2059,2 ming kishi. (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, bolgar va boshqalar yashaydi. 18 rayon, 13 shahar, 20 shaharcha bor. Markazi — Zaporojye shahri. Zaporojye viloyati yer yuzasi bir oz o’rqir tekislik. Janubda qora dengiz bo’yi pasttekisligiga qo’shilib ketadi. Janubiy-sharqida Azov bo’yi qirlari (200-220 metr) joylashgan. Iqlimi mo’tadil kontinental. Yozi issiq (iyulning o’rtacha temperaturasi 22 dan 24° gacha), kishi unchalik sovuq emas, qor kam yog’adi (yanvarning o’rtacha temperaturasi -4 dan -5° gacha). Yiliga 300— 450 millimetr yog’in yog’adi. Vegetatsiya davri 210 kun. Asosiy daryosi — Dnepr. Tuprog’i unumdor, asosan, qoratuproq. Zaporojye viloyati dasht zonasida. Dasht o’simliklari jar va soyliklarda saqlanib qolgan. O’rmon va butazorlar viloyat maydonining 3,4% ni tashkil etadi. Tulki, malla quyon, bo’ri; qushlardan bedana, yovvoyi o’rdak, dasht va dala to’rg’aylari yashaydi. Zaporojye viloyatida qora va rangli metallurgiya yetakchi o’rinda. Elektro energetikasining asosini Dneproges, Zaporoje GRES va issiqlik elektr stantsiyalari tashkil etadi. “Dneprospesstal”, “Zaporojstal” elektrometallurgiya zavodlari, Zaporojye titan-magniy kombinati, alyuminiy, elektrod, ferroqotishma zavodlari va Zaporojye o’tga chidamli zavodi bor. Belozyorsk temir ruda koni asosida kon qazish sanoati (Zaporojye temir ruda kombinati) rivojlangan. Mashinasozlik sanoati (“Zaporojtransformatormotor” zavodi, yuqori voltli apparaturalar, kabel zdlari, “AvtoZAZ” motor, avtogidroagregat va “Avtosvetmet”, “Preobrazovatel”, Elektroapparat zavodlari mavjud. Berdyansk o’rish mashinalari, Tokmak dizelsozlik ishlab chiqarish birlashmalari, Zaporojye abraziv kombinati, Berdyansk yo’l mashinalari zavodi, “Bitmash”, stanoksozlik, Orexov qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodlari) keng rivoj topgan. Kimyo va neft kimyosi muhim o’rin egallaydi. Uysozlik kombinati, g’ishtcherepitsa, devor bloklari zdlari bor. Oziq-ovqat sanoatida un, yog’-moy, go’sht, konserva, baliq, sut va yengil sanoatda tikuvchilik, poyabzal, trikotaj, ko’ncharm tarmoqlari ham rivojlangan. Zaporojye viloyati g’allachilik va go’sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan muhim rayon. Asosiy ekinlari: kuzgi bug’doy, baxrrgi arpa, kungaboqar. Sug’oriladigan yerlarda sabzavotchilik bilan shug’ullaniladi. Bog’dorchilik (gilos, olcha, o’rik, olxo’ri, olma, nok va boshqalar), tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda go’sht-sut chorvachiligi yetakchi o’rinda. Cho’chqachilik va parrandachilik taraqqiy etgan. Qoramol, mayin junli qo’y boqiladi. Azov dengizida baliq ovlanadi. Transport yo’llari zich. Aeroport bor. 7 oliy o’quv yurti, 800 dan ziyod jamoat kutubxonasi, 3 teatr, 70 dan ortiq muzey mavjud.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi



Uzpedia.uz