Zaporojye Sechi
Zaporojye sechi - 16-18-asrlarda ukrain kazaklarining Dnepr ostonalari ortidagi tashkiloti. Asosiy istehkom — Sech nomidan olingan. 1654-yilgacha kazaklar "respublikasi" boʻlib, uning yuqori organi Sech radasi hisoblangan. Qoʻshboshi ataman tomonidan boshqarilgan. Qoʻsh (qoʻshin)larga boʻlingan. Qrim xonligi, Usmonli turk saltanati, polyakukrain hukmron doiralariga qarshi kurash olib borgan.
16—17-asrlarda ukrain xalqining ozodlik kurashida katta rol oʻynagan. 1709-yil "Eski Sech" deb atalmish tashkilot tugatilgan, 1734-yil hukumat tomonidan "Yangi Sech" deb atalgan tashkilot tashkil etilgan; 1775-yil tugatilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org