ZAPOROJE SECHI
ZAPOROJE SECHI 16-18-asrlarda ukrain kazaklarining Dnepr ostonalari ortidagi tashkiloti. Asosiy istehkom — Sech nomidan olingan. 1654 yilgacha kazaklar “Respublikasi” bo’lib, uning yuqori organi Sech Radasi hisoblangan. Qo’shboshi ataman tomonidan boshqarilgan. Qo’sh (qo’shin)larga bo’lingan. Qrim xonligi, Usmonli turk saltanati, polyakukrain hukmron doiralariga qarshi kurash olib borgan. 16-17 asrlarda ukrain xalqining ozodlik kurashida katta rol o’ynagan. 1709 yil “Eski Sech” deb atalmish tashkilot tugatilgan, 1734 yil hukumat tomonidan “Yangi Sech” deb atalgan tashkilot tashkil etilgan; 1775 yil tugatilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz