Zanjibar




Zanjibar — Hind okeanidagi orol. Afrikaning sharqiy qirgʻogʻi yaqinida. Tanzaniya tarkibida. Mayd. 1658 km. Z.ning yer yuzasi payettekislik (eng baland joyi 120 m); marjon ohaktoshlaridan tashkil topgan, karst relyef shakli koʻp. Iklimi ekvatorialmussonli. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 28°, iyulniki 23°. Yillik yogʻin 1500–2000 mm. Oʻrmonlarning koʻp qismi qirqilib, oʻrni butazorga aylangan, sohilda mangra oʻrmonlari, qalampirmunchoq, kokos palmasi plantatsiyalari bor. Eng katta shahri va porti — Zanjibar. Z.ni 8-asrda Ummon arablari egallagan. 1528 — 17-asrda Portugaliya mulki, soʻngra Ummon qoʻl ostida boʻlgan. 1856—90 yillarda mustaqil sultonlik (Pemba o. va b. orollar bilan birga), 1890—1963 yillarda Britaniya protektorati, 1963—64 yillardan mustaqil.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz