Zanjabil




Zanjabil (Zingiber offi cinale) - bir pallalilar sinfiga, zanjabildoshlar oilasiga mansub, yoʻgʻon ildizpoyali koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Asosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. Jan. va Jan.

Sharqiy Osiyoda oʻstiriladi. 3. yer osti tanasining hamma qismida efir moyi bor. Qurigan ildizi xushboʻy hidli va mazali boʻlib, efir moyiga boy. Maydalanmagan Z.ning xushboʻy hidi maydalanganiga nisbatan uzoq saklanadi. Tuyib elaki qilingan talqoni tabobatda jigar, yurak, meʼda xastaligini davolashda ishlatiladi (asal bilan birga choynakka damlab ichiladi). Oziqovqat sanoatida konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda va pazandachilikda baʼzi ovqatlarga (pishish oldidan) maydalangan holda ziravor sifatida ishlatiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz