Zanbaq
Zanbaq soʻzi arabcha boʻlib, eski oʻzbek tiliga oʻtib oʻzlashgan. Hozirgi oʻzbek tilida ham, uning dialekt, lahjalarda ham hozirgi paytda zanbaq soʻzi qoʻllanmaydi. Oʻrxun-Yenisey yozma manbalaridan to Alisher Navoiy asarlarigacha boʻlgan turkiy yozma yodgorliklarda zanbaq soʻzi qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlarida zanbaq tarzida keladi:
Emas bogʻ ichra sorigʻ lola zanbaq bilki, har sori,
Yangi dogʻ oʻrtab ul gul ishqidin sorgʻordi ruxsori.
(Gʻaroyib us-Sigʻar, 643)
Manbai
Zanbaq soʻzining manbai ilmiy adabiyotlarda arab tili leksikasi ekanligi koʻrsatiladi. Hozirgi arab tilida gulsapsar, piyozgul, nilufar (Baranov,1962,420)shaklida berilgan. Bizning taxminimizcha, bu soʻz arab tiliga ham boshqa bir tildan oʻzlashgan boʻlsa kerak.
Qoʻllanishi
Zanbaq hozirgi eroniy tillardan: fors tilida zambaq.turkiy tillardan:ozarbayjon tilida zanbag shaklida qoʻllanadi. Boshqa eroniy tillar (tojik, afgʻon, kurd) va turkiy (oʻzbek, uygʻur, qirgʻiz, turkman, qoraqalpoq, tatar) tillarida hozirgi paytda qoʻllanmaydi.
Etimoni
Tadqiq etilayotgan zanbaq soʻzi fors tilidagi zanburuq-zamburuq va zamin — yer soʻzlari bilan umumiylik tomonlari boʻlsa, ehtimoldan uzoq emas. Chunki arab tili leksikasida maʼlum bir qatlamni eroniy tillardan oʻzlashgan soʻzlar tashkil qiladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org