ZAMZAMA



ZAMZAMA (sug’diycha — sekin ovoz bilan ashula aytish, xirgoyi qilish) — 1) zardushtiylarning marosim duolarini ohista va mayin ohangda o’qilishi; 2) o’rta asr musulmon Sharqi tasavvuf an’analarida she’r va g’azallarni ohang bilan ijro etish shakllaridan biri. Boqiyo Noiniyning (17 asr) “Zamzamai vahdat” (“Yolg’izlik aytimlari”) musiqa risolasi mavjud. Ad: Nizamov A., Sufizm v kontekste muzikalnoy kulturi Tsentralnoy Azii, Dushanbe, 2000.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz